MYu rahbarlari futbolchilar bilan suhbatlashib, ularning Amorim haqida fikrlarini o‘rganishdi

  • 08.10.2025 07:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 1
  • Futbol

"Manchester Yunayted" bosh direktori Umar Berrada va klub direktori Jeyson Uilkoks jamoaning ba’zi futbolchilari, jumladan, sardor Brunu Fernandesh bilan suhbatlashib, futbolchilar hamon bosh murabbiy Ruben Amorimga ishonishlariga ishonch hosil qilishdi. Bu haqda ESPN xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, bu muloqot norasmiy xarakterga ega bo‘lib, portugaliyalik mutaxassisning klubdagi kelajagini oldindan belgilab berishga qaratilmagan. Ta’kidlanishicha, futbolchilar 40 yoshli murabbiy haqida ijobiy fikrda, jamoada yaxshi muhit hukm surmoqda.

Angliya chempionatining 7 turidan so‘ng "Manchester Yunayted" ochkolarini 10 taga etkazib, 10-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
08/10/2025 12:58
фикрни холислардан сураш керак!
кайси уйинчи тренерни ёмонласа захирага утиришдан куркади