MYu "Real Madrid" futbolchisiga aloqaga chiqdi

  • 28.11.2025 20:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" Madridning "Real" klubi futbolchisi Vinisius Juniorning agentlariga aloqaga chiqqani aytilmoqda. Bu haqda "Caught  Offside" nashri ma’lum qildi. 

Manbada yozilgan ma’lumotga ko‘ra, braziliyalik futbolchi "qirollik klubi"ni tark etishga qaror qilsa, uning transferi uchun "qizil iblislar" "Manchester Siti" bilan kurashishga ham tayyor. Vinisiusni "Real" bilan yangi shartnoma borasida hali kelisha olmagan, vaziyatni esa "Yunayted" diqqat bilan kuzatib turibdi.

Braziliyalik futbolchining "qaymoqrangliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakuniga etadi. Hujumchining hozirda transfer bozoridagi narxi 150 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 25 yoshli futbolchi joriy mavsum Xabi Alonso qo‘l ostida 18 ta uchrashuvda maydonga tushishga erishdi. Shu uchrashuvlarda u 5 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!