MYu Ronalduning o‘rnini "Siti" sobiq hujumchisi bilan to‘ldirmoqchi

  • 09.01.2023 11:32
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" Ronaldu bilan xayrlashganidan so‘ng uning o‘rnini saviyali hujumchi bilan to‘ldirish yo‘llarini izlamoqda.

"Daily Mail" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, mankuniyanliklar o‘z e’tiborini Edin Jeko transferiga qaratgan. U "qizil iblislar" tarkibida Krishtianu Ronalduning yo‘qligini bildirmasligi lozim.

36 yoshli hujumchi 2011-2015 yillar oralig‘ida MYuning azaliy raqibi "Manchester Siti" sharafini himoya qilgan. U ayni paytda "Inter"da o‘ynamoqda. Jeko joriy mavsum klub libosida 23 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10 ta gol va 4 assistni yozdirib qo‘ydi.

Uning milanliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yozida nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!