MYu safarda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi
APL qoldirilgan 17-turidan o‘rin olgan "Brentford" - MYu uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar De Xeaning fantastik seyvlari evaziga 3:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
"Qizil iblislar" tarkibida gollarga Entoni Elanga (55-daqiqa), Meyson Grinvud (62-daqiqa) va Markus Reshford (77-daqiqa) mualliflik qilgan bo‘lsa, mezbonlarning yagona golini Ivan Toney (85-daqiqa) kiritdi.
Shu tariqa, "mankunianlar" 35 ochko bilan 7-o‘rinni band etib turibdi. 23 ochko to‘plagan "Brentford" esa 14-pog‘onasidan joy egallagan.



Fikrlar