MYu sardori qancha muddat o‘z jamoasiga yordam bera olmaydi?
"Manchester Yunayted" sardori Brunu Fernandesh "Aston Villa"ga qarshi uchrashuvda jarohat olib maydonni tark etgandi. Ushbu olgan jarohatidan so‘ng futbolchi qancha muddat o‘z jamoasiga yordam bera olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, Fernandesh bir oy davomida maydonga tusha olmasligi mumkin. Portugaliyalik futbolchi bundey uzoq muddatga safdan chiqishi birinchi bor sodir bo‘lmoqda. Xavbek 6 yildan buyon MYu safida harakat qilib keladi. Bu orada yarim himoyachi bir necha bor jarohat olib safdan chiqqan. Futbolchi eng uzog‘i ikki hafta davomida jamoasiga yordam bera olmagan.
Eslatib o‘tamiz, Amorim shogirdlari hozirda 17 ta uchrashuvda 26 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 7-o‘rinda ketmoqda.
Fikrlar