MYu sardori uchun Italiya ning ikki grandi kurashmoqda

  • 15.01.2026 18:27
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" himoyachisi Harri Maguayr faoliyatini Italiya klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqida "Sky Sports" nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga ko‘ra, angliyalik futbolchini "Roma" va "Milan" jamoalari o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi. Italiyaning ikki grandi joriy transfer oynasidayoq 32 yoshli himoyachini sotib olishni rejalashtirmoqda. 

Maguayrning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, Harri 2019 yildan buyon MYu sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu davr mobaynida u 256 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol va 9 ta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!