MYu shu yoz Milanni sotib oladi
"Manchester Yunayted" klubi joriy yozgi transferlar davrida "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Goal.com nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, mankunianliklar 25 yoshli futbolchi uchun 65 million evro to‘lashga tayyor. Bu borada ularga "Bavariya", "Manchester Siti" va "Real" klublari raqobat ko‘rsatishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Shkrinyar “Inter” safida 2017 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan, transfer narxi esa 48 mln evroga baholanmoqda.
U joriy mavsum A Seriyada 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta golga assistentlik qildi.
Fikrlar