MYu tajribali himoyachi bilan shartnomani uzaytirdi

Viktor Lindelyofning shartnomasi yana bir yilga uzaytirildi. 

"The Athletic" nashri bergan xabarga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Viktor bilan shartnomani uzaytirish variantini faollashtirgan. Avvalroq, kelishuv 2024 yilning yoziga qadar edi. Endi ushbu bitim 2025 yilning yozigacha amal qiladi. 

29 yoshli shved joriy mavsum APL doirasiada 12 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Himoyachi 2017/2018 yilgi mavsumdan buyon "qizil iblislar" sharafini himoya qilib kelmoqda.

 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!