MYu Turkiyadan yarim himoyachi olib kelmoqchi
"Manchester Yunayted" "Galatasaroy"ning 26 yoshli yarim himoyachisi Gabriel Saraga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Aksam nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" braziliyalik futbolchi uchun turk grandiga 30 mln evro taklif qilishga tayyor. Biroq, "Galatasaroy" futbolchini kamida 35 mln evroga baholamoqda. Sara avval Angliyaning "Norvich" klubida to‘p surgan. Uning o‘zi ham Angliya chempionatiga qaytishni istamoqda.
Sara 2024 yilning yozida "Galatasaroy"ga o‘tdi. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 22 million evroni tashkil etadi.
Fikrlar