MYu Xames Rodriges masalasida "Real"ga rasmiy taklif yubordi

  • 18.06.2019 12:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi "Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges uchun kurashga qo‘shildi.

La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha “qizil iblislar” 55 million evroga baholanayotgan 27 yoshli kolumbiyalik futbolchining transferi borasida “qirollik klubi”ga rasmiy taklif yuborishgan.

Ta’kidlash kerakki, Xames uchun hozirda "Napoli" va "Yuventus" ham kurash olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xames Rodriges so‘nggi 2 mavsumni “Bavariya” safida ijara asosida o‘tkazdi. Myunxenliklarda uni 42 mln evroga to‘liq sotib olish huquqi ham bor edi. Ammo, nemis grandi futbolchining iltimosiga ko‘ra bunday qilmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!