MYu Xoylundni hafsalasini pir qildi
Rasmus Xoylund MYu undan voz kechganidan hafsalasi pir bo‘ldi. Transfer oynasining so‘nggi kunida "Napoli" "Manchester Yunayted" hujumchisini 6 mln evroga ijaraga oldi va 44 mln evroga sotib olish sharti bilan o‘z safiga qo‘shib oldi.
The Athletic xabariga ko‘ra, Xoylund 22 yoshida MYudan erta ketganidan "qayg‘uga botgan". Mavsum boshida daniyalik futbolchi klubda qolishini kutgandi va shu tariqa jamoa bilan mavsumoldi o‘yinini boshladi.
Shuningdek, Xoylund o‘zini "qizil iblislar"ning yangi a’zosi Benyamin Sheshkodan yaxshiroq deb hisoblaydi. Rasmus klubda qolish uchun mashg‘ulotlarda buni ko‘rsata olishini kutgan edi.
"Manchester Yunayted" rahbariyati o‘tgan mavsumdagi muvaffaqiyatsiz o‘yinlari (52 o‘yinda 10 gol) tufayli Xeylundni sotib yuborishga qaror qildi. "Futbol etakchilari nazdida Xoylund o‘tmish, "Yunayted" ortiqcha pul to‘lagan futbolchi timsoli edi", - deb yozadi The Athletic.



Fikrlar