
MYu "yangi Xoland"ni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Manchester Yunayted" Rasmus Xoylundni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Ayni paytda tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, u "qizil iblislar"ga yoqadi va ushbu transfer rahbariyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
"Yunayted" keyingi bir necha hafta ichida ushbu transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.
Joriy mavsumda 20 yoshli hujumchi barcha turnirlar doirasida 42 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar