MYu yanvarda yarim himoyachi sotib oladi

  • 2 yanvar, 2020, 16:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Manchester Yunayted" klubi qishki transferlar davrida yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra yanvarda “qizil iblislar” jarohatlangan Skott Maktominey va Pol Pogba o‘rniga munosib 1 yoki 2 ta futbolchi sotib olishmoqchi. Ular bu borada Kristian Eriksen ("Tottenxem") va Jedson Fernandeshlarni ("Benfika") ko‘z ostiga olib qo‘yishgan.

Ma’lumot uchun, MYu premer-liganing o‘tgan 21 ta turidan so‘ng musobaqa jadvalida 5-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!