
MYu yulduzi uchun mavsum yakunlandi
"Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho katta ehtimol bilan mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
Yarim himoyachi kasallik tufayli "qizil iblislar"ning o‘tgan hafta "Chelsi"ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuborgandi.
Mankunialiklar bosh murabbiyi Ralf Rangnik 22 yoshli futbolchi mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi mumkinligi haqida gapirib o‘tdi.
Qayd etish lozim, "Yunayted"ni oldinda "Brentford", "Brayton" va "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinlar kutib turibdi.
Joriy mavsum Sancho APL doirasida 29 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar