Asosiy mazmunga oʻtish

MЮ "Yuventus" yulduzini nishonga oldi

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

Turin klubi esa 20 yoshli vinger uchun 100 million yevro talab qilmoqda

"Yuventus" futbolchisi Kenan Yildiz faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqida "GiveMeSport" nashri xabar bermoqda. 

Manba ma'lumotiga ko‘ra, turkiyalik futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" jamoasi qiziqish bildirilmoqda. Turin klubi esa 20 yoshli vinger uchun 100 million yevro talab qilmoqda. 

Hozirda Yildizning "transfermarkt" portalidagi narxi 75 million yevroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Ma'lumot uchun, Kenan joriy mavsum Italiya klubi safida 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol kiritdi  va 8 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q