
MYuda Igaloning transferi bo‘yicha muammo paydo bo‘ldi
"Shanxay Shenxua" "Manchester Yunayted" safida ijarada to‘p surayotgan forvardi Odion Igalo bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Sky Sports nashri xabariga ko‘ra, xitoyliklar klubi Igalo uchun yangi ikki yillik shartnoma taklif qilmoqda. Unga ko‘ra, hujumchi Shanxay klubi safida haftasiga 400 ming funt ishlab topadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq, "Manchester Yunayted" Igaloning transfer huquqini Xitoy klubidan sotib olish niyatidaligi va uning transferi uchun 15 million evro to‘lashga tayyorligi xabar qilingan edi.
Fikrlar