MYuga ketadigan Shmeyxelning o‘rniga boshqa darvozabon keladi

  • 16.08.2020 22:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Lester” ko‘p yillik darvozaboni Kasper Shmeyxel o‘rniga yangi golkiper qidira boshladi.

Shmeyxel tez orada  “Manchester Yunayted”ga o‘tishi kutilmoqda. O‘z vaqtida manchesterliklar safida Kasperning otasi Peter Shmeyxel ham ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Kasper “tulkilar” darvozasini 2011 yildan buyon qo‘riqlab kelmoqda. U Chempionshipning quyi pog‘onalaridan to Angliya premer-ligasining chempionligigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan.

Tajribali darvozabonga “Chelsi” ham da’vogar. Lempard yangi mavsumda dunyoning eng qimmat darvozaboni hisoblangan Kepa Arrisabalagaga ishonch bildirmaydigan bo‘ldi.

“Lester”ning o‘zi hozircha ispaniyalik darvozabon Serxio Rikoga ko‘z tikmoqda. 26 yoshli darvozabon ayni paytda PSJ zaxirasida o‘tiribdi. U 2018-2019 yilgi mavsumda “Fulem” darvozasini qo‘riqlagan va Angliya chempionatida o‘ziga yarasha tajriba to‘plagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!