
MYuga Keyn kerak emas. "Qizil iblislar" o‘yindan chiqishdi
“Manchester Yunayted” klubi mavsumlar oralig‘idagi transfer rejalarini ko‘rib chiqmoqda.
Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “Tottenxem” forvardi Xarri Keyn va “Real” xavbeki Xames Rodriges “qizil iblislar”ning rejasiga kirmaydi. Chunki, MYu hozirgi sharoitda Keyn evaziga “shporlar” so‘rayotgan katta mablag‘ni to‘lay olmaydi.
Bundan tashqari, mankunianliklar transferlar paytida Xamesdan ham kuchliroq futbolchi chiqishiga ishonishmoqda. Ular kolumbiyalik o‘rniga “Aston Villa” yarim himoyachisi Jek Grilish va “Borussiya” Dortmund vingeri Jeydo Sancho nomzodini ko‘rib chiqishmoqda.
Fikrlar