
MYuga yangi bosh murabbiy kelsa, Nistelroy nima qiladi?
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Rud van Nistelroy yangi bosh murabbiy tayinlanganidan keyin ham jamoada qolishga tayyorligini aytdi.
“Men klubga yordamchi sifatida kelganman. Endi qachon kerak bo‘lsam yordamga tayyorman. Kelajakda "Yunayted"da istalgan lavozimda qolishga tayyorman", - dedi niderlandiyalik mutaxassis Sky Sports nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, jamoani 2022 yildan buyon boshqarib kelayotgan bosh murabbiy Erik ten Xag yaqinla iste’foga chiqarildi. Rud van Nistelroy boshqaruvidagi “Yunayted” esa kecha Angliya liga kubogi doirasida o‘z maydonida “Lester”ni 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Jamoa to‘qqizta o‘yindan so‘ng Premer-liga turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Bundan avvalroq matbuotda "Manchester Yunayted" rahbariyat jamoa boshqaruviga "Sporting" ustozi Ruben Amorimni olib kelishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar