MYuning Reshford va Dalot masalasida boshi qotdi

  • 12 dekabr, 2022, 08:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" futbolchilari Markus Reshford hamda Diogu Dalotning kelajagi so‘roq ostida turibdi.

Tecno

Gap shundaki, futbolchilarning manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Bundan kelib chiqadiki, taxminan yarim yildan so‘ng har ikki iste’dod erkin agentga aylanadi.

Mashhur insayder Fabritsio Romano tarqatgan xabarga ko‘ra, MYu rahbariyati ularni tekinga qo‘yib yubormaslik uchun ularni sotishga yoki bitimni uzaytirishga tayyor. Reshfordga "Barselona", "Real" hamda PSJdan qiziqish borligi aytilmoqda. Dalotga ham ispan grandlari xaridor.

Ma’lumot uchun, Markus va Dalot o‘z terma jamoalari tarkibida Jahon chempionati chorak finaligacha etib bora oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!