MYuning sobiq futbolchi jamoadagi transfer siyosati haqida gapirdi
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Maykl Ouen "qizil iblislar"ning so‘nggi yillardagi transfer siyosati haqida o‘z fikrini bildirdi.
- MYu shunchaki yomon o‘yinchilarni sotib olishda davom etmoqda, deyish oson. Ammo bu haqiqatdan shundaymi? Ha, bunday o‘yinchilar ko‘p edi, lekin ularning hammasi ham yomon emas. Ular Di Mariya va boshqa ko‘plab futbolchilarni millionlarga sotib olishganida, ularning barchasi yomon emas edi.
Ayrim hollarda ular jamoadan ketishi bilanoq yana ajoyib futbolchilar bo‘lib qolishadi, - dedi Ouen Rio Ferdinandning podkastida.
Bu yozda "Manchester Yunayted" safiga hujumchilar Brayan Mbeumo, Mateus Kunya va Benyamin Sheshko, himoyachi Diego Leon hamda darvozabon Senne Lammens qo‘shildi. APLning 3-turidan so‘ng Ruben Amorim shogirdlari 4 ochko bilan turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar