Asosiy mazmunga oʻtish

Nagelsmann: "Taktik jihatdan yaxshi o‘ynadik"

Jahongir Inomjonov
Izohlar: 0

Murabbiy Shveytsariyaga qarshi baxs haqida gapirdi

Yulian Nagelsmann "Evro-2024" 3-turida Shveytsariya terma jamoasiga qarshi o‘yinga (1:1) baho berdi.

"Biz bu durangga loyiq edik. Albatta, qarshi hujumda o‘tkazib yuborishimiz xavfi bor edi. Javob golini urish uchun ko‘p mehnat qildik va buni uddaladik."

"Shveytsariya ajoyib raqib, ​​qiziqarli o‘yin bo‘ldi. Biz taktik jihatdan yaxshi o‘ynadik. Biz asosiy tarkibni tanlashdan oldin raqibni tahlil qilamiz. Vaziyatga qarab o‘yin davomida zaxira o‘rindig‘idagi futbolchilarni ham maydonga tushiramiz", — dedi Germaniya terma jamoasi ustozi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q