Nani Ronalduning faoliyatini qachon tugatishiga to‘xtalib o‘tdi

  • 27 oktabr, 19:01
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Luish Nani Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. 

Tecno

"Krishtianuni yoshligidan buyon taniman. U har doim o‘z yoshidagilardan yuqoriroqqa intilar edi. Men uni "Nasional"da o‘ynab yurgan vaqtida taniganman. O‘sha payt men "Sporting" yoshlarida o‘ynardim. U to‘p bilan fantastik tarzda muomala qilardi. Ronalduning o‘yinlaridan barcha yosh futbolchilar ilhomlanardi, chunki uni nimalar qila olishini ko‘rgandik".

- Krishtianu yana qancha vaqt o‘ynay oladi?

Buni aniq ayta olmayman. Faqat shuni aniq bilamanki, u o‘z tanasiga alohida e’tibor beradi. Menimcha, u oldiga qo‘ygan maqsadlariga etishni istaydi. Buning yo‘lida imkon qadar o‘z ustida ishlayapti. Bir narsa ma’lumki, u o‘ynab turar ekan bor kuchini ishga soladi. Faoliyatini qachon tugatishini esa faqat o‘zi biladi va buni faqat o‘zi hal qiladi", - dedi Nani.

Ma’lumot uchun, Ronaldu va Nani "Manchester Yunayted" birga to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!