"Napoli" 32 tonna oziq-ovqat tarqatadi

  • 09.04.2020 23:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Napoli” klubi koronavirusga qarshi kurash aktsiyasi doirasida Italiyadagi muhtoj insonlarga 32 tonna oziq-ovqat tarqatadi. Bu haqda italyan nashrlari xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, ushbu mahsulotlar mamlakatdagi 1000 ga yaqin oilalarga etkazib beriladi.

Aytish kerakki, bungacha "Yuventus", "Inter" va "Milan" klublari ham koronavirusga qarshi kurashish uchun xayriya qilishgan edi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, ayni damgacha dunyoda ushbu virusni 1,5 million odam yuqtirib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!