
"Napoli" APLning ikki grandidan futbolchi olishni reja qilmoqda
"Napoli" rahbariyati jamoaning chap qanot himoyasini kuchaytirmoqchi.
The Telegraph nashrining yozishicha, neapolliklarning bu boradagi short-listida hozircha ikki futbolchi – Kiran Tirni ("Arsenal") va Emerson Palmeri ("Chelsi") bor.
“Napoli”da dastlab, Palmerini mavsum oxirigacha ijaraga olib, so‘ngra yozda Tirnini sotib olish rejasi ham bor.
Emerson joriy mavsum “Chelsi” safida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning transfer narxi esa 15 mln evroga baholanmoqda.
Tirni esa “Arsenal”da 22 ta o‘yin o‘tkazdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning transferi 28 mln evroga teng.
Fikrlar