
“Napoli” “Barsa”ga yo‘q deyolmaydi
“Barselona” transfer vaqtida “Yuventus” pleymeykeri Miralem Pyanichni qo‘lga kiritolmasa, uning o‘rniga “Napoli” yarim himoyachisi Fabian Ruisni oladigan bo‘lyapti.
Pyanichni Kataloniyaga qo‘yib yuborish uchun “Yuventus” Arturni so‘ramoqda, “Barselona” rahbarlari braziliyalik futbolchini Turinga borishga ko‘ndira olmayapti. Agar bu variant ish bermasa, “Barselona” A Seriyada o‘ynayotgan Fabian Ruisni La Ligaga qaytaradi.
24 yoshli Fabian “Betis” tarbiyalanuvchisi va bu jamoa tarkibida 2014 yilda debyut qilgan. Iste’dodli yarim himoyachi “Napoli”da ikki yildan buyon to‘p suradi.
Fikrlar