"Napoli" gruziyalik etakchisining maoshini ikki barobarga oshirmoqchi
"Napoli" klubi gruziyalik futbolchi Xvicha Kvaratsxeliya bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jamoa Xvichaga 2028 yilgacha mo‘ljallangan bitim taklif qilishni rejalashtirgan. Shuningdek, iste’dod egasining maoshi ikki barobarga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Futbolchi "Napoli"ga shu yilning yoz faslida kelib qo‘shilgandi. Joriy mavsum Kvaratsxeliya A Seriyada 12 ta o‘yin o‘tkazib, 6 gol urdi va 5 golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar