
"Napoli" Ibragimovichga shartnoma taklif qildimi?
“Napoli” klubi joriy oy oxirida “Los-Anjeles Gelaksi” bilan shartnomasi yakunlanib erkin agentga aylanadigan hujumchi Zlatan Ibragimovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashri muxbiri Nikolo Shiraning xabar berishicha A Seriya grandi 38 yoshli shvetsiyalik futbolchiga 1,5 yillik shartnoma taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ibragimovichga “Milan”dan ham qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Zlatan yakunlangan mavsum MLSda 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasini 31 marta ishg‘ol etdi.
Fikrlar