"Napoli" Ikardi borasida "Inter"ga rasmiy taklif bilan chiqdi
"Napoli" klubi hamon "Inter" forvardi Mauro Ikardining transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra neapolliklar 26 yoshli argentinailk futbolchi uchun “neradzurrilar”ga 50 mln evrolik taklif yuborishgan. Biroq, milanliklar rahbariyati futbolchining jamoadan ketish istagi borligiga qaramay “Napoli”ning ushbu taklifiga rad javobini bergan.
Gap shundaki, “Inter” Ikardini 80 million evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Ular bu mablag‘ni “Manchester Yunayted” forvardi Romelu Lukakuning transferiga sarflashmoqchi.



Fikrlar