"Napoli" Ikardi uchun "Inter" talab qilayotgan mablag‘ni to‘lashga tayyor

  • 05.07.2019 13:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

“Napoli” klubi “Inter” hujumchisi Mauro Ikardi uchun kurashda “Yuventus” bilan raqobatni davom ettirishga tayyor.

Football Italia nashri tarqatgan xabarga qaraganda neapolliklar 26 yoshli argentinalik futbolchi uchun “neradzurrilar” talab qilayotgan 60 mln evroni to‘lashga tayyor. Bundan tashqari, ular Ikardining ham moliyaviy talabini qondirishga rozi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Yuve” Ikardiga yiliga 8 mln evro maosh va’da qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, turinliklar Ikardining transferiga yarasha mablag‘ topishlari uchun Mario Manjukich va Gonsalo Iguainlarni sotib yuborishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!