"Napoli" jamoa bosh murabbiyiga yangi shartnoma taklif qildi

  • 29.05.2025 16:17
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

"Napoli" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontega maoshi oshirilgan yangi mehnat shartnomasini taklif etdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma’lum qilmoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Napoli" prezidenti de Laurentis Konteni saqlab qolish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanmoqda. Jumladan, murabbiyni saqlab qolish maqsadida funktsioner yarim himoyachi Kevin de Bryuyneni jamoaga jalb etish uchun bor kuch-g‘ayratini sarflamoqda.

Konte o‘tgan yozda "Napoli"ni boshqarishni o‘z zimmasiga oldi va birinchi mavsumning o‘zidayoq jamoani chempionlikka olib chiqdi. 55 yoshli murabbiyning neapolliklar bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!