"Napoli" "Liverpul" hujumchisi uchun rasmiy taklif jo‘natdi

  • 8 iyul, 13:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" "Liverpul" hujumchisi Darvin Nunes uchun rasmiy taklif yubordi. Jurnalist Janluka Di Martsio xabariga ko‘ra, neapolliklar 26 yoshli urugvaylik futbolchi uchun 50 million evro va 5 million bonuslar taklif qilgan.

Tecno

Shuningdek, Italiya klubi Nunesga soliq to‘lovlaridan keyin yiliga 5–6 million evro maosh taklif etmoqda. Biroq, mersesaydliklar o‘z futbolchisini 70 million funt (81 million evro)ga baholamoqda.

Shu bilan birga, "Napoli" A Seriyaning o‘tgan mavsumida 12 gol urgan "Udineze"ning eng yaxshi to‘purari Lorentso Lukkuni ham 33–34 million evro evaziga sotib olishni ko‘zlamoqda.

Hozircha "Udineze" bu taklifga javob bermagan. 24 yoshli italiyalik hujumchi Nunes transferi amalga oshmay qolgan taqdirda, unga muqobil variant sifatida ko‘rilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!