"Napoli" prezidenti Gattuzoga yangi shartnoma taklif qildi
"Napoli" klubi prezidenti Aurelio De Laurentis jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzoning faoliyatidan to‘liq qoniqmoqda.
Italiyalik jurnalist Janluki Di Martsioning yozishicha, 70 yoshli funktsioner Gattuzo bilan uchrashib, o‘rtadagi shartnomani uzaytirishga tayyorligini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Gattuzo “Napoli”ni 2019 yilning 11 dekabridan buyon boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi. Uning boshqaruvidagi jamoa ayni damda A Seriyada 39 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar