
"Napoli" va "Yuventus" Pulishich uchun kurash olib boradi
"Napoli" va "Yuventus" klublari "Chelsi" vakili Kristian Pulishichga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yuqoridagi ikki jamoa futbolchini to‘liq sotib olish variantini ko‘rib chiqyapti. "Chelsi" ham undan voz kechishga qarshi emasligi aytilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Pulishich joriy mavsum APLda 21 ta o‘yinda bitta gol urib, bitta assist qayd etgan. Uning "Transfermarkt"dagi narxi 32 million evro etib ko‘rsatilgan.
Fikrlar