"Napoli" yozda "Tottenxem" himoyachisini sotib olmoqchi

  • 20 aprel, 2019, 00:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Kiran Tripper "Napoli"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Goal.com nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra A Seriya grandi 28 yoshli ingliz futbolchisi bilan o‘zining himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Neapolliklar bu borada allaqachon futbolchining agenti bilan bog‘langan. Biroq, ular hozircha transfer masalasida “shporlar”ga rasmiy taklif yuborishmadi.

Ma’lumot uchun, Tripper joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 33ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning transfer narxi esa 35 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!