
"Napoli" "Yuventus" yulduzini tekinga qo‘lga kiritmoqchi
Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Federiko Bernardeskiga “Napoli” qiziqish bildirmoqda.
Tajribali futbolchi yangi klubga tekinga o‘tishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira o‘zining sahifasida. Manbaning ta’kidlashicha, neapolliklar 28 yoshli futbolchiga yiliga 2,5 million evro maosh bilan 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilgan. Bundan tashqari, futbolchining o‘zi ham turli bonuslar hisobiga yiliga yana 3 million evro qo‘shimcha maosh olishi mumkin.
Hozirda tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Ma’lumot uchun, Bernardeski yakunlangan mavsum “Yuventus” safida jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. Uning turinliklar bilan amaldagi shartnomasi o‘z yakuniga etgan.
Fikrlar