
"Napoli"ni chempion qilolmagan mutaxassis jamoada qoladi
“Napoli” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri klub prezidenti bilan orasidan gap qochgan bo‘lsada, jamoada qolishi mumkin.
Italyan nashrlarida yozishlaricha, tomonlar yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlashgan. Xabarda aytilishicha, Sarri Neapol klubi bilan 2021 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi. Uning yillik maoshi esa 4 mln evroni tashkil etadi.
Ilgariroq, Sarri mavsum yakunlanganidan so‘ng klubni tark etishi mumkinligi borasida xabarlar tarqalgan edi.
Qayd etish joiz, uning boshqaruvida jamoa A Seriyada 88 ochko to‘plasada, chempionlik uchun kurashda “Yuventus”ga imkoniyatni boy berdi.
Fikrlar