Narxi 5 million evroga etgan Husanov qachon grand klubga o‘tadi?

  • 16 oktabr, 2024, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Evropada grand klublar qatoriga kirmaydigan aksariyat jamoalar iqtidorli yosh o‘yinchilarni topish va ularni tanitib, olingan summadan bir necha baravar yuqori narxda transfer qilish orqali byudjetini to‘ldirib borishi odatiy hol hisoblanadi.

Abduqodir Husanov o‘ynayotgan “Lans” klubini ham ana shunday klublar qatoriga qo‘shish mumkin. Lansliklar ham iqtidorli o‘yinchilarni kashf etish va ularni grand klublarga tranfer qilishga katta e’tibor qaratadi.

20 yoshli markaziy himoyachimiz ham o‘z o‘yinlari bilan Evropada ko‘zga ko‘rina boshladi. Frantsiya matbuotida o‘zbek futbolchisi PSJ nazariga tushgani haqida ma’lumotlar chiqyapti.

Nufuzli manbalar esa, “Lans”ning iqtidorlarni kashf etish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlarini tahlil qilmoqda.

Sports.uz portali ushbu manbalarning “Lans” va uning etakchisiga aylanib borayotgan Abduqodir Husanov borasidagi tahlillarini keltiradi.

LE11HDF.FR:

Yozda “Lans” tizimida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi. Jamoa Evrokuboklarni tark etganiga qaramay, ichki chempionatda mag‘lubiyatsiz o‘ynamoqda. Yangi bosh murabbiy Uill Still yaxshi tanlov bo‘lib chiqdi.

Uill Still 2022-2023 yilgi mavsumda “Reyms” bosh murabbiyi sifatida shogirdlari bilan Liga 1 da 19 ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandi. Angliyalik mutaxassis bu ishini “Lans”da ham davom ettirmoqda va jamoa dastlabki etti turda mag‘lubiyatga uchragani yo‘q.

“Lans” odatga va rejaga ko‘ra, o‘tgan mavsumda jamoa etakchilari bo‘lgan Eli Vaxi, Nil El-Aynaui va Kevin Dansoni yozda sotuvga qo‘ydi. Uchta transfer jamoaga mo‘may daromad keltirishi kerak edi. Biroq faqatgina Eli Vaxi “Marsel”ga ko‘chib o‘tdi xolos. Nil va Kevin tibbiy ko‘rikdan o‘tolmagani uchun “Monako” va “Roma” transferlarni barbod qildi.

“Lans” bu etakchilarning o‘rniga darrov o‘rinbosar topib qo‘ydi. Uesli Said va Mbala Nzola Eli Vaxining yo‘qligini bildirmayapti. Maydon markazida Nil El-Aynauining vazifasini Adrien Tomasson, Endi Diuf va Xamzad Ojediran bajarmoqda. Himoya markazida Kevin Danso yo‘qligidan unumli foydalangan Abduqodir Husanov Frantsiya chempionatining eng zo‘r markaziy himoyachilari qatoriga qo‘shildi va asosiy tarkibdan muqim joy oldi.

JEUNESFOOTEUX.COM:

“Lans” markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov nafaqat Frantsiya chempionatida, balki O‘zbekiston milliy terma jamoasi safidagi ishonchli o‘yinlar bilan e’tiborni tortmoqda. “Lans” legioneri jahon chempionati saralashi doirasida Eronga qarshi yuqori darajada o‘ynadi va o‘z qudratini ko‘rsatib qo‘ydi.

20 yoshli himoyachida kuzatilayotgan aqlbovar qilmas o‘sish Transfermarkt portali ekspertlari nazaridan ham qochgani yo‘q. Husanovning transfer summasi ikki baravar oshib, 5 million evroga etdi.

To‘g‘risini aytganda, 5 million evro “Lans”ning iste’dodli yosh o‘yinchisiga munosib baho emas. 2023 yilning yozida 100 ming evroga transfer qilingan o‘yinchi bir yilda bir necha baravar qimmatladi va o‘sish davom etmoqda.  Bu muhim emas.

Eng asosiysi, Abduqodir Husanov “Lans”da eng kerakli o‘yinchilardan biriga aylanib bo‘ldi. Avval uning o‘rnida himoya etakchisi bo‘lgan Kevin Danso safga qaytishi bilan Uill Stillda qaysi himoyachidan foydalanig bo‘yicha yangi bosh og‘riq paydo bo‘ladi. Bunaqa muammoni ko‘pchilik murabbiylar orzu qiladi. Shunday emasmi?...

Abduqodir Husanov 2023 yilning yozida Belarusning "Energetik-BGU" jamoasidan "Lans"ga ko‘chib o‘tgan. U Frantsiya chempionatida o‘ynagan yagona o‘zbek futbolchisi hisoblanadi. 

Fayzullaevning Evropaga ketishiga nima to‘sqinlik qilyapti?

Husanov Evropada cho‘qqiga ko‘tarilyapti!

Shomurodovga yangi shartnoma taklif qilayotgan “Roma”da kutilmagan voqealar avj olmoqda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!