“Nasaf” – “Surxon”. Termizliklar so‘nggi 5ta o‘yindan buyon Qarshida xatto gol ham ura olishmayapti
“Ajdarlar” Coca-cola Superligasi 13-turida Superliganing bu yilga debyutanti qo‘shni Surxondaryo viloyatining “Surxon” jamoasini qabul qiladi.
Bu jamoalar so‘ngi bor O‘zbekiston chempionatida 2004 yilda kuch sinashishgan va “Nasaf” safarda yirik 5:0 hisobida g‘alaba qozongan.
“Nasaf” – “Surxon” uchrashuvi 29 iyun shanba kuni Qarshi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.
O‘zaro uchrashuvlar tarixidan
Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatida shu kungacha 16 bor kuch sinashishgan. Natijalar “ajdarlar” ning ustunligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lib o‘tgan 12 uchrashuvda “Nasaf”, 1 o‘yinda esa “Surxon” g‘alabaga erishgan. 3 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan.
To‘plar nisbati 40:13 ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Surxon” 5:0, “Nasaf” – “Surxon” 1:3.
Jamoamiz so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2004 yil 23 oktyabr kuni Termizda o‘tkazgan. Bu uchrashuv 0:5 hisobida yakunlangan.
Termizdagi o‘zaro bahslarga oid
Ushbu jamoalar shu paytgacha Termizda 8 bor kuch sinashishgan. 8 uchrashuvda qarshiliklar g‘alaba qozonishgan. Darvozalarga jami 22ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati 21:1.
E’tiboringizga, Qarshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.
10. 04. 2004 Nasaf – Surxon 4: 0
18. 03. 2013 Nasaf – Surxon 3: 0
03. 08. 2002 Nasaf – Surxon 5: 0
08. 08. 2001 Nasaf – Surxon 2: 0
26. 06. 2000 Nasaf – Surxon 1: 0

Fikrlar
⚽️ #Nasaf ???? #Surxon
Uchrashuv yakunlandi 5:0.
Gollar: Xusain Norchayev 28', 55', 58', Javoxir Xasanov 69', Xudoyorxon Sag‘dullayev 71'
⚽️ #Nasaf ???? #Surxon
Uchrashuv yakunlandi 5:0.
Gollar: Xusain Norchayev 28', 55', 58', Javoxir Xasanov 69', Xudoyorxon Sag‘dullayev 71'