"Nasaf" - "So‘g‘diyona". Uchrashuvga kirish bepul
Uchrashuvdan oldin yangi masum ochilishiga bag‘ishlangan katta kontsert rejalashtirilgan. Bu haqda Qarshi klubi matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Nasaf» - «So‘g‘diyona» uchrashuvini bevosita tribunada tomosha qilishni xohlagan muxlislar “Markaziy” stadionga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelishlari mumkin. Futbol muxlislariga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida “Nasaf” ana shunday ajoyib imkoniyatni yaratib bermoqda.
«So‘g‘diyona» muxlislariga stadionning 5 sektori ajratilgan.

Fikrlar