"Nasaf" 4 futbolchisining "Bunyodkor"ga majburan o‘tishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi!

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev o‘zining telegram kanalida “Nasaf”ning bir nechta futbolchisi “Bunyodkor”ga o‘tishi mumkinligi haqida post qoldirgandi. Unga ko‘ra, “Nasaf”ning 4 futbolchisi majburan “Bunyodkor”ga o‘tishi haqida xabar berilgan. 

Bunga "Nasaf" klubi matbuot xizmati o‘z munosabatini bildirdi. 

"Nasaf”ga hech qanday bosim bo‘layotgani yo‘q. 

Yurtimizda futbol mavsumi yakunlanib, transfer oynasi ochilgan, jamoalarda keldi-ketdilar boshlangan vaqt. Turli internet nashrlarida ham “Nasaf” jamoasining 4 nafar a’zosi go‘yoki “Bunyodkor” jamoasiga majburan o‘tkazilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

“Nasaf” jamoasi 2022 yilda O‘zbekiston Superligasi, O‘zbekiston Kubogi va OChL musobaqalarida ijobiy natija qayd etdi. Yuqori o‘rinlarni olgan va xalqaro maydonda munosib ishtirok etgan futbolchilarimizga ham nafaqat yurtimiz jamoalaridan balki xorijiy jamoalardan ham qiziqish bo‘lib kelgan va bo‘lmoqda ham. Bu futboldagi tabiiy jarayon.

Futbolchilarimizga qiziqishlar doirasida “Nasaf” futbol klubiga hech qanday bosim bo‘layotgani yo‘q. Jamoa etakchilarini boshqa jamoaga berib yuborish evaziga, klub smetasini oshirish degan asossiz taxminlar sport nashrlarida chiqmoqda. Bunday asossiz xabarlar jamoa, muxlislar, homiylar va klub o‘rtasida tushunmovchiliklarni yuzaga keltiradi.

O‘zingizga ma’lum, keladigan 2023 yilda “Nasaf” OChL musobaqasida ikki marta ishtirok etadigan yurtimizning yagona vakili hisoblanadi. Jamoa keyingi mavsumda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilishi uchun xorijda yig‘in va xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazish rejalashtirilgan.

“Nasaf” futbol klubi homiylari jamoaning keyingi yilda qolgan jamoalarga nisbatan ko‘proq rasmiy o‘yinlarda ishtirok etishi va yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilishlari inobatga olgan xolda, klubning 2023 yilgi xarajatlar smetasini oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Sport nashrlari va blogerlardan klubning imijiga, ichki muhitiga, klub va homiylar o‘rtasidagi aloqalarga putur etkazadigan, isbotlanmagan va asossiz xabarlarni tarqatmaslikni so‘rab qolamiz", - deyiladi xabarda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
!!! @@@
28/12/2022 00:32
Насаф куп йиллар давомида буни исботлаб келяпти. Специально футболчиларни шартномасни узайтирмасдан эркин агент килиб зур уйинчиларни пахтакор ёки бошка клубларга берворопти. Бекордан бекорга керакли уйинчиларни хеч кайси жамоа куйиб юбормайди. Уз хохиши билан утди деган эртакни болаларига айтишсин. Насафни ашаддий мухлисиман, лекин Насафдагилар хам оппок эмас.
Shahzod Mamurov
27/12/2022 23:37
Bekorga chiqmasa kerak bunaqa gaplar, nimadur bo'lgani aniq,ko'ramiz,kutamiz!
&
nasafim
27/12/2022 19:04
Қани курамиз матбуот хизмати ёлғончими журналистларми
Наркобилов Суюн
27/12/2022 18:30
Шамол булмаса дарахтнинг учи кимирламайди