
“Nasaf” – “Al Sadd” uchrashuvi chiptalari ko‘chma chiptaxonalardan ham olsa bo‘ladi
5 mart kuni Qarshi shahri yana bir Osiyo chempionlar ligasining uchrashuviga mezbonlik qiladi. Bunda “Nasaf” Qatarning “Al Sadd” jamoasini qabul qiladi. Mazkur uchrashuv, kelayotgan dushanba kuni “Markaziy” stadionda soat 18:30da boshlanadi.
Futbol shaydolari Qarshida, Ispaniya terma jamoasi va “Barselona” klubi afsonasi Xavini orziqib kutishmoqda.
“Nasaf” PFK futbol ishqibozlarining talab va istaklarini inobatga olib, uchrashuv chiptalarini odatdagidan ertaroq – 1 mart kunidan sotuvga chiqarmoqda.
Endi chiptalar tumanlar markazida, ko‘chma chiptaxonalar orqali ham sotiladi. Bu haqda qarshiliklar matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Quyida ko‘chma chiptaxonalarning ish jadvali ko‘rsatilgan:
1 mart (payshanba) kuni. Shaxrisabz shahrida
2 mart (juma) kuni. Koson shahrida
3 mart (shanba) kuni. G‘uzor shahrida
4 mart (yakshanba) kuni. Chiroqchi shahrida (tushgacha)
4 mart (yakshanba) kuni. Qamashi shahrida (tushdan keyin)
Ko‘chma chiptaxonalar 10:00dan 16:00gacha ishlaydi.
Chiptaxona shaharning gavjum joyi – bozorlar hududida tashkil etiladi.
Fikrlar