“Nasaf” Andijonda mezbonlarga qarshi o‘yinlarda qanday natijalar qayd etishgan?

  • 16 aprel, 2019, 17:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

18 aprel kuni Superliga 5-turiga start beriladi. “Ajdarlar” Andijonning “Andijon” jamoasiga qarshi maydonga chiqishadi. Bu jamoalar jamoalari o‘rtasidagi har bir uchrashuv qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo‘lgan. Andijon jamoasi ikki yillik tanaffusdan so‘ng yana elitaga qaytdi. Eslatib o‘tamiz “Andijon” jamoasi Pro-ligada ishtirok etgan edi.

Tecno

Mana oradan ikki yil o‘tib, mazkur jamoalar yana Superligada to‘qnash kelishmoqda. “Andijon” – “Nasaf” uchrashuvi 18 aprel payshanba kuni “Sog‘lom avlod” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. "Nasaf" matbuot xizmati o‘yinga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur klublar oliy ligada shu kungacha 36 bor kuch sinashishgan. Natijalar qarshiliklarning ustunligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lib o‘tgan 23 uchrashuvda “Nasaf”, 5 o‘yinda esa “Andijon” g‘alabaga erishgan. 8 uchrashuvda durang natijasi qayd etilgan. To‘plar farqi 84-43ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida. O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Andijon” 8:1, “Andijon ” – “Nasaf” 6:0.

"Nasaf" jamoasi so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2016 yil 17 sentyabrda Andijonda o‘tkazgan. Bu uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan. Keyingi ikki mavsumda “Andijon” Superligada ishtirok etmagan.

Andijondagi o‘zaro bahslarga oid

Ushbu jamoalar shu paytgacha Andijonda 18 bor kuch sinashishgan. Uchrashuvlarning ettitasida "ajdarlar" g‘alaba qozonishgan. To‘rt uchrashuvda andijonliklarning qo‘li baland kelgan. Qolgan etti uchrashuvda kuchlar teng kelgan. Darvozalarga jami 48ta to‘p kiritilgan. To‘plar farqi 24-24.

Andijonda bo‘lib o‘tgan o‘zaro uchrashuvlarda so‘nggi bor, 2016 yili 0:0 hisobi qayd etilgan. “Nasaf” so‘nggi bor, Andijonda 2015 yili 0:1 hisobda g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!