"Nasaf" Chernogoriya klubini yirik hisobda mag‘lub etdi
Xabaringiz bor, Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi "Nasaf" Turkiyadagi yig‘in doirasidagi birinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Chernogoriyaning "Dechich" jamoasiga qarshi kechgan bahsda "ajdarlar" yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
"Nasaf" safidan Akmal Mozgovoy dubl muallifiga aylandi, Husniddin Aliqulov va Lima Kruz bittadan gol urgan bo‘lsa, raqib safidan Smilanich o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Nazorat uchrashuvi. Antaliya-2023
“Dechich” - “Nasaf” 1:4
Gollar: A. Mozgovoy 14, 42, H.Aliqulov 34, - B. Smilanich 38, L. Kruz 45

Fikrlar