
"Nasaf" etakchisi Toshkent klubiga o‘tmoqda
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi hamda "Nasaf" klubi darvozaboni Abduvohid Ne’matov faoliyatini Toshkent jamoasida davom ettirishi mumkin.
SPORTS.uz sayti jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning ma’lum qilishicha, posbonga "Bunyodkor" qiziqmoqda. Ayni damda futbolchi va "qaldirg‘ochlar" o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy darajaga ko‘tarilgan. Katta ehtimol bilan, u yangi mavsumni toshkentliklar safida boshlaydi.
Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar