"Nasaf" futbolchisi Vodiyga ko‘chib o‘tishi mumkin
Farg‘onaning "Neftchi" klubi yozgi transfer oynasida faol bo‘lishda davom etmoqda. Yaqindagina, Georgiy Nikabadze bilan kontrakt tuzgan klub endi e’tiborini "Nasaf" forvardi - Lima Kruzga qaratmoqda.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, jismonan baquvvat, taran hujumchini tarkibida ko‘rishni istayotgan Vitaliy Levchenko bu transferni amalga oshishini istamoqda. O‘z navbatida, "Nasaf" argentinalik forvard - Andre Chavez bilan kontrakt imzolash arafasida. Agar bu bitim amalga oshsa, Lima Kruz uchun o‘yin amaliyoti kamayib ketishining ehtimoli yuqori.
Shu bois, transferning amalga oshishi boshqa bir transferga bog‘liq bo‘lib turibdi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Fikrlar