"Nasaf" hamda "Metallurg" jamoalarining o‘zaro o‘yinlaridagi statistika kimning foydasiga ishlamoqda?
Superliga 15-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasi Qarshi shahrida "Nasaf" mehmoni bo‘ladi.
“Nasaf” – “Metallurg” jamoalari asosiy tarkiblar uchrashuvi 31 iyul chorshanba kuni Qarshi “Markaziy” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 20:00 da boshlanadi.
Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatida shu kungacha 43 bor kuch sinashishgan. Ustunlik vohaliklar tomonida. Bo‘lib o‘tgan 27 uchrashuvda “Nasaf”, 10 o‘yinda esa “Metallurg” g‘alabaga erishgan. 10 uchrashuvda tomonlar durangga rozi bo‘lishgan. To‘plar farqi 73:34, “Nasaf” foydasiga.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yirik hisoblar: “Nasaf” – “Metallurg” 7:0, “Metallurg” – “Nasaf” 3:0.
Mazkur jamoalar shu paytgacha Qarshida 21 bor kuch sinashishgan. 18 uchrashuvda mezbonlar g‘alaba qozongan. 2 uchrashuvda durang qayd etilgan va bir uchrashuvda mehmonlarning qo‘li baland kelgan.
Qarshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv natijasi:
30.03.2018 Nasaf – Metallurg 1:1
04.11.2017 Nasaf – Metallurg 2:0
30.09.2016 Nasaf – Metallurg 3:0
15.05.2015 Nasaf – Metallurg 0:1
27.04.2014 Nasaf – Metallurg 0:0

Fikrlar