"Nasaf" Kenjaboev bilan shartnomani bekor qildi
Futbolchi o‘ziga boshqa jamoa topadi.
“Nasaf” klubi 25 yoshli yarim himoyachisi Islom Kenjaboev bilan shartnoma bekor qilinganligini ma’lum qildi.
Jumladan, klub matbuot xizmati bu borada shunday yozdi:
"Nasaf" PFK ikki tomonning kelishuviga ko‘ra Islom Kenjaboev bilan shartnomani bekor qilinganini e’lon qiladi.
Islomga klub uchun qilgan mehnatlariga minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida omad tilaymiz! Barchasi uchun rahmat, Kenjaboev!”, - deyiladi rasmiy xabarda.
Kenjaboev o‘tgan yili “Nasaf”ga qaytgan bo‘lib, bu yilgi mavsumda u Superliga va Kubok doirasida jami 5 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Izohlar (0)