Asosiy mazmunga oʻtish

"Nasaf" legioner hujumchini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin!

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Muzokaralar yakuniy bosqichda!

Qarshining "Nasaf" klubi kelasi mavsum oldidan tarkibga hujumchi sotib olmoqchi. Jamoaning asosiy hujumchisi Zoran Marushich "Neftchi"ga o‘tdi.

Bizga ma’lum bo‘lishicha, Rubin Xebay kelasi mavsumni "Nasaf"da boshlashga juda yaqin. Albaniyalik forvardga "ajdarlar" taklif bilan chiqqan. Muzokaralarning final qismi boshlandi.

Ma’lumot uchun, Xebay joriy mavsum Tunis chempionatida 6 o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol urishga erishdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q