
"Nasaf" legionerlari bilan xayrlashdi
Qishki yig‘inini boshlagan “Nasaf” safida kutilganidek o‘zgarishlar yuz bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, qarshiliklar ikki nafar legioneri bilan xayrlashgan. Bular – rossiyalik Ivan Solovyov va serbiyalik Alen Mashovich.
Solovyov “Nasaf” tarkibida Superliganing 20 ta uchrashuvida maydonga tushib 3 ta gol urgan bo‘lsa, yozda jamoa safiga qo‘shilgan Mashovich 5 ta bahsda qatnashib 1 bor gol muallifiga aylandi.
“Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev ushbu legionerlar klubni tark etganini Sports.uz jurnalisti Shuhratbek Jo‘raevga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Fikrlar